FAQ

Parvoz jadvalini qanday bilish mumkin?

O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarga uchish va qo‘nish reyslari haqidagi ma’lumotlarni "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti va mobil ilovasi hamda +99855 501 47 50 telefon raqami orqali Aloqa markazidan olish mumkin.

Parvoz oldidan ro'yxatdan o'tish qanday bo'ladi?

Xalqaro aeroportlarda parvozga roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻlovchi oʻz pasporti bilan roʻyxatdan oʻtish ustuniga borishi kerak, ichki yo'nalishdagi reyslarda esa yangi haydovchilik guvohnomasi yordamida ham roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Xalqaro yo'nalishlardagi parvozdan oldin ro'yxatdan o'tish jo'nashdan 3 soat oldin boshlanadi, bortga chiqish (aviakompaniyaga qarab) parvozdan bir soat boshlanadi va 20 daqiqa oldin tugatiladi.

Misol uchun:

Samolyot 06:40 da uchib ketadi.

Ro‘yxatdan o'tish soat 03:40 da boshlanadi

Ro'yxatdan o'tish (aviakompaniyaga qarab) 05:40 yoki 06:00 da yopiladi.

Yo'lovchilarni bortga chiqarish (aviakompaniyaga qarab) odatda jo'nashdan 1 soat yoki 40 daqiqa oldin boshlanadi va jo'nashdan 20 daqiqa oldin to'xtatiladi. Ro'yxatdan o'tish ustunida yo'lovchiga berilgan bortga chiqish talonida bortga chiqish yo'lagi raqami va vaqti ko'rsatilgan bo'ladi.

Bagaj me'yorlari.

Bagaj va qo'l yukini tashish qoidalari aviakompaniya tomonidan belgilanadi. Yo'lovchilar yuk tashish bo'yicha aniq ma'lumotlarni tashuvchi aviakompaniyadan olishlari mumkin.

Chiptalarni qayerdan xarid qilish mumkin?

Aviachiptalarni O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarning kassalarida va aviatashuvchining rasmiy sayti orqali hamda aviakassalardan xarid qilish mumkin.

Yuqori qulaylik zallari xizmatlaridan qanday foydalanishim mumkin?

CIP va Anor zallari xizmatlarini, shuningdek, Fast Track xizmatini "Uzbekistan Airports" rasmiy sayti, +99855 501 47 50 telefon raqami orqali Aloqa markazidan, @uzairportsBot Telegram boti, shuningdek, "uzairports" mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin. 

Barcha kerakli ma'lumotlar kompaniyaning rasmiy veb-saytida mavjud.

Toshkent aeroportida qanday xizmatlarni olish mumkin?

Yoʻlovchilarni roʻyxatga olish zonasi aeroportining ikkinchi qavatida joylashgan. 

Yo'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro'yxatdan o'tish zalida kassa, kichik qahvaxona, do'kon, vending avtomatlari, bankomatlar, valyuta ayirboshlash nuqtalari, SIM-kartalar va sug'urta xizmatlarini sotish burchagi, bagajlarni qadoqlash xizmati va "TaxFree" xizmati, shuningdek, yo'lovchilar jo'nash oldidan qarzdorliklari borligini tekshirishlari mumkin bo'lgan Majburiy ijro byurosining vakolatxonasi mavjud.

Ro'yxatdan o'tish zonasida joylashgan kassada yo'lovchilar aviachipta sotib olishlari, qo'shimcha yuk, shuningdek, poytaxt aeroporti xizmatlari: parvozdan oldingi jarayonlardan tezlashtirilgan tarzda o'tish- "Fast Track", shuningdek, "CIP" va Anor biznes zallari uchun to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Bugungi kunda parvozni kutish zonasida beshta kafe, dorixona, milliy esdalik sovg‘alari va gastronomiya do‘konlari, shirinliklar, gadjetlar va xalqaro SIM-kartalar, charm va zargarlik buyumlari hamda "Duty Free" do‘konlari faoliyat yuritmoqda. Anor biznes zali va Hamsa Hotel kichik mehmonxonasi ham shu yerda joylashgan.

Kutish zonasida savdo nuqtalaridan tashqari tahorat va namoz o‘qish xonalari, ona va bola xonasi, tez tibbiy yordam hamda kovorking hududi mavjud.

Qanday qilib aeroportga ishga kirishim mumkin?

“Uzbekistan Airports” AJ tuzilmaviy tashkilotlariga ishga joylashish uchun maxsus veb-saytda rezyumeni toʻldirishingiz va oʻzingizga mos boʻlgan vakansiyaga ariza qoldirishingiz kerak.

20 Feb, 2024