Clinics and Pharmacies

Farg'onada “Uzbekistan Airports” kompaniyasi rahbariyati ishtirokida fuqarolarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Farg'ona xalqaro aeroportida “Uzbekistan Airports” AJ rahbariyati ishtirokida fuqarolarning sayyor qabuli tashkil etildi. Uchrashuv shahar aholisi, aeroport xodimlari, tadbirkolar va kompaniya rahbariyatini jamlagan ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

Qabul davomida xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ish bilan ta’minlash, yoshlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga doir murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida biznes hamjamiyati vakillari aeroport faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar, noaviatsion infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, yo‘lovchilar va mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator savol va takliflarni o‘rtaga tashladilar.

Sayyor qabullar o‘tkazish amaliyoti “Uzbekistan Airports” rahbariyatiga aholi va mehnat jamoalari bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

27 Aug, 2026