Aviatsiya sohasi xodimlari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘yicha “Respublika kengashi kubogi” bo‘lib o‘tdi
Musobaqada aviatsiya sohasi korxona va tashkilotlari, jumladan “Uzbekistan Airports” AJ “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzaeronavigatsiya” MChJ, “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ, “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ, “Uzaviatsiya” agentligi hamda boshqa tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.
Ayollar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra “Uzbekistan Airports” AJ hamda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ vakillari go‘lib bo‘ldi. 18–25 yosh erkaklari o‘rtasida esa “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ vakili sovrinli o‘rinlarni egalladi.
26–35 yosh ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin — Xen Kseniya — “Uzbekistan Airports” AJ
2-o‘rin — Nailyeva Melek — “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ
18–25 yosh erkaklar o‘rtasida:
2-o‘rin — Po‘latov Otabek — “Qarshi xalqaro aeroporti” MChJ.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.
Xen Kseniya va Nailova Melekni 26–35 yosh ayollar o‘rtasida, Po‘latov Otabekni esa 18–25 yosh erkaklar o‘rtasida qo‘lga kiritgan sovrinli o‘rinlari bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ularga mustahkam sog‘liq, yangi sport g‘alabalari va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
25 Aug, 2026