Clinics and Pharmacies

Buxorodan Nukusgaça: “Uzbekistan Airports” va “Pegasus Airlines” hamkorlikni kengaytirmoqda

"Uzbekistan Airports" va Turkiyaning "Pegasus Airlines" aviakompaniyasi hamkorlikni kengaytirmoqda: Istanbuldan Buxoro, Andijon va Termizga muntazam reyslarni oçiş böyiça kelişuvlarga erişildi. Yana ikkita yönaliş — Qarşi va Nukus böyiça muzokaralar olib borilmoqda.

Andijon uçun uşbu reyslarning oçilişi Istanbul bilan ilk muntazam aviaqatnov böladi. Kelişuvlarga erişilgan taqdirda, Qarşi va Nukusda ham uşbu yönalişda ilk bor muntazam reyslar yölga qöyiladi. Avvaldan Istanbuldan reyslarni qabul qilib kelgan Buxoro va Termizda esa yangi aviataşuvçining faoliyat boşlaşi yölovçilar uçun yanada kengroq imkoniyatlar yaratadi.

"Pegasus Airlines" reyslari Istanbulning Sabiha Gökçen xalqaro aeroportidan amalga oşiriladi. Kelişilgan uçta yönalişni 2026-yil dekabr oyidan boşlab bosqiçma-bosqiç işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Buxoroga ilk reys 2026-yil 14-dekabrga belgilangan. Parvozlar haftasiga uç marta amalga oşiriladi: Istanbuldan — duşanba, çorşanba va şanba kunlari, ortga esa — seşanba, payşanba va yakşanba kunlari.

2026-yil 18-dekabrdan boşlab aviataşuvçi Andijonga parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Qatnovlar haftasiga ikki marta amalga oşirilişi közda tutilgan: Istanbuldan — duşanba va juma kunlari, Andijondan esa — seşanba va şanba kunlari.

Termizga qatnovlarni 2027-yil 1-martdan boşlab haftasiga uç marta amalga oşiriş möljallangan. Istanbuldan parvozlar duşanba, payşanba va şanba kunlariga, ortga qaytiş esa seşanba, juma va yakşanba kunlariga rejalaştirilgan.

Uçala yönalişda ham Airbus A320/A321 oilasiga mansub havo kemalaridan foydalaniş közda tutilgan. Yangi reyslar Özbekiston hududlari va Turkiya örtasida töğridan-töğri parvozlar imkoniyatini kengaytiradi. Şuningdek, yölovçilar Sabiha Gökçen aeroportida boşqa reysga ötiş orqali Yevropa, Yaqin Şarq mamlakatlariga hamda Pegasus Airlines yönalişlar tarmoğidagi boşqa manzillarga sayohat qilişlari mumkin böladi.

"Pegasus Airlines" — Turkiyaning arzon aviakompaniyasi bölib, 1990-yilda taşkil etilgan. U 2005-yildan buyon loukoster modeli böyiça muntazam qatnovlarni amalga oşirib kelmoqda. Asosiy baza aeroporti Istanbulning Sabiha Gökçen nomidagi xalqaro aeroporti hisoblanadi. Aviataşuvçi parki 129 ta Airbus va Boeing havo kemalaridan iborat bölib, yönalişlar tarmoği 50 dan ortiq mamlakatdagi 160 ga yaqin manzilni qamrab oladi.

29 Oct, 2026