‘‘Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqaruvga beriş böyiça ötkazilgan tender ğolibi aniqlandi
“Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida quriş va boşqariş böyiça xalqaro tenderning barça bosqiçlari yakunlandi. Tender natijasida Limak İnşaat Sanayi ve Ticaret A.Ş. (Turkiya) va Hamad Bin Khalid Contracting Company W.L.L. (Qatar) kompaniyalari konsorsiumi ğolib deb topildi.
2026-yilning 12-martida “Yangi Buxoro xalqaro aeroportini quriş va boşqaruvga beriş” DXŞ loyihasini “Quriş-topşiriş-boşqariş” (Build-Transfer-Operate - BTO) modeli böyiça amalga oşiriş uçun oçiq tender e’lon qilingan edi. Tender ikki bosqiçda bölib ötdi: malaka sörovi (RFQ) va takliflar sörovi (RFP). Ilgari xabar berilganidek, oltita kompaniya tenderning ikkinçi yakuniy bosqiçiga ötgan, va uning natijasida Idoralararo tender komissiyasi tomonidan ğolib aniqlandi.
Ta’kidlaş joizki, DXŞ loyihasi yangi aeroportni quriş va boşqariş loyihasini birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Xususiy şerik soatiga 1 200 yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega yangi yölovçi terminali, vokzaloldi maydoni, avtoturargoh va tegişli infratuzilmani quriş hamda boşqariş işlarini amalga oşiradi.
Davlat şerigi aerodrom majmuasini (uçiş-qöniş yölagi, perron) quriş va boşqariş uçun javobgarlikni öziga oladi. Keyingi bosqiçda umumiy muddati 23 yil, şu jumladan 3 yilgaça quriliş davrini öz içiga olgan DXŞ töğrisidagi bitim tuzilişi közda tutilgan.
Ğolib konsorsium tarkibiga kirgan kompaniyalar dunyoning turli mamlakatlarida aeroportlar va yirik infratuzilma obyektlarini quriş hamda boşqarişda katta tajribaga ega: Limak Priştina (Kosovo) va Dakar (Senegal) xalqaro aeroportlarini boşqaradi, hamda Istanbul aeroportini qurişda iştirok etgan va Qohira (Misr) aeroportidan söng Quvayt xalqaro aeroportining yangi terminalini qurmoqda. HBK Contracting kompaniyasi esa 2022-yilgi futbol böyiça jahon çempionati finali ötgan Qatardagi “Lusail” stadioni qurilişining boş pudratçisi bölgan.
“Buxoro - ikki ming yildan ortiq tarixga ega bölgan Markaziy Osiyoning eng qadimiy şaharlaridan biri bölib, uning tarixiy markazi 1993-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Yangi aeroport ortib borayotgan mehmonlar oqimini qabul qilişga hamda hududning xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Oçiq tender e’lon qilingani yirik xalqaro kompaniyalarda katta qiziqiş uyğotdi. Buxorodagi loyihani amalga oşiradigan jamoa yölovçilar uçun zamonaviy infratuzilma va qulay aeroport barpo etib, hududning xorijlik sayyohlar uçun jozibadorligini oşirişiga va umuman, Özbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirişga hissa qöşişiga işonamiz”, - deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” kompaniyasi.
Eslatib ötamiz, “Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqariş böyiça DXŞ loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son qaroriga asosan “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.
12 Nov, 2026