Clinics and Pharmacies

Toshkent aeroportida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish shoxobchasi ochildi

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish shoxobchasi ish boshladi.

Maydoni 8 kv.m boʻlgan xizmat koʻrsatish shoxobchasi e-auksion.uz (https://e-auksion.uz/auction-result?lots_id=7858633) elektron platformasi orqali oʻynaldi. O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi kim oshdi savdosi g‘olibi deb topildi. Mazkur shoxobchada uchib kelgan barcha yo‘lovchilar bir necha daqiqa ichida import qilingan (yangi yoki O‘zbekistondan tashqarida foydalanilgan) mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi rezidentlar uchun 30 kalendar kun ichida, norezidentlar uchun esa 60 kalendar kun ichida 68 000 so‘mni (BXMning 20%) tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, mobil qurilma IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalari ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun (norezidentlar uchun 60 kalendar kun) ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, qurilmaning IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazilguniga qadar abonentga mahalliy GSM uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi.

03 May, 2024