O‘zbekiston xalqaro aeroportlariga kelayotgan mehmonlar va yo‘lovchilarga butun aeroport hududida mobil telefonda suratga olish va video suratga olishga, davlat organlari (Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi, Chegara xizmati, Aviatsiya xavfsizligi xizmati) tomonidan nazorat qilinadigan hududlar bundan mustasno, ruxsat beriladi.
Noqonuniy suratga olishni kuzatgan davlat organi xodimi foto/video materiallarni o‘chirishni talab qilishga haqli.
Shuningdek, fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiq davlat axborotidan foydalanish va uni tarqatish huquqiga egadirlar. "O‘zbekiston Respublikasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni (№ O‘RQ-369, 2014-yil 5-may)"
O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida tijorat va notijorat maqsadlarida suratga olish uchun “Uzbekistan Airports” AJning oldindan rasmiy ruxsati talab qilinadi.
Quyidagilar foto va video tasvirga olishni taqiqlash uchun asoslar hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori;
-Davlat Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, shuningdek Aviatsiya xavfsizligi xizmatining ichki idoraviy hujjatlari.
Kolosova Yevgeniya Sergeyevna — Matbuot kotibi, Boshqaruv raisining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi.
Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)501-47-50
Ichki raqam: 4522
Elektron manzil: info@uzairports.com
12 Jan, 2024
29 Oct, 2025