Sertifikatlar

Uzbekistan Airports AJ da ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy qilingan.

AJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2024-yil 15-iyul kuni ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha maxsus sertifikat topshirildi.

ISO 9001:2015 xalqaro standarti haqida qisqacha ma'lumot

ISO 9001:2015 xalqaro standarti ISO (International Organization for Standartization) – Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotining standartlari majmuasi hisoblanadi. Bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatlarning milliondan ortiq kompaniya va tashkilotlarida ISO 9001:2015 xalqaro standarti joriy qilingan. Ushbu standart tashkilot faoliyatida samarali boshqaruv, har bir jarayonga sifatli yondashuv va doimiy takomillashib borish kabi sifat menejmentining bir qator tamoyillariga asoslanadi.

Ushbu standartning joriy etilishi shu tashkilotda xalqaro darajadagi sifatli boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yilganligini anglatadi.

Shuningdek Uzbekistan Airports korrupsiyaga qarshi kurash hamda komplaens yo'nalishida

ISO37001:2016 standarti sertifikatini ham olgan.

12 Jan, 2024

13 Jan, 2026