O‘zbekiston Respublikasidagi 11ta xalqaro aeroport boshqaruvini amalga oshiruvchi “Uzbekistan Airports” AJ milliy va xorijiy aviakompaniyalarning samarali faoliyatini ta'minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda. Xalqaro miqyosdagi yangi yo‘lovchi terminallari joriy etilmoqda, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifati ta’minlanmoqda, mijozlarga yo‘naltirilgan moslashuvchan tarif siyosati olib borilmoqda.
Amaldagi konsepsiyaga ko‘ra, mavjud hamkorlikni kengaytirish va yangi sheriklik munosabatlarini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston aeroportlari barcha turdagi havo kemalariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni hamda avia yoqilg‘i va maxsus suyuqliklar bilan uzluksiz ta’minlanishini kafolatlaydi, ularda havo kemalariga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi yetarli miqdorda maxsus jihozlar mavjud.
Bugungi kunga qadar 40 dan ortiq aviakompaniya O‘zbekiston aeroportlariga muntazam va charter reyslarini amalga oshirmoqda. "Uzbekistan Airports" AJ yangi hamkorlikka ochiq va havo kemalari, yoʻlovchilar va bagajga xizmat koʻrsatish boʻyicha quyidagi xizmat turlarini taklif etadi:
"Uzbekistan Airports" AJ xizmatlari uchun tariflar
Bir martalik yer usti xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma
Hamkorlik uchun Aviatsiya xizmatlarini rivojlantirish departamentiga murojaat qilishingiz mumkin:
Telefon: +99855 501 47 11 (ichki 1809)
E-mail: a.degtyarenko@uzairports.com
Aloqa uchun shaxs: Degtyarenko Anna Vasilevna
12 Jan, 2024
29 Oct, 2026