Aeroportlarda reklama
Uzbekistan Airports kompaniyasi respublika bo'ylab aeroportlarda reklama joylashtirish bo'yicha keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Reklama konstruksiyalari yo'lovchi terminallari, ro'yxatdan o'tish, kutish, jo'nab ketish va yetib kelish zonalari hamda avtoturargohlarda joylashgan bo'lib, reklamangizning yuqori ko'rinishini va auditoriya bilan takroriy aloqani ta'minlaydi.
Aeroportlarda reklama joylashtirish tovarlar, xizmatlar va brendlarni millionlab yo'lovchilar, kutib oluvchilar, kuzatuvchilar hamda aeroport xodimlari orasida samarali targ'ib qilish imkonini beradi.
Tarmoqdagi eng yirik aeroport — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti bo'lib, u O'zbekistonning asosiy xalqaro havo darvozasi hisoblanadi. 2025-yilda aeroport qariyb 10 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatdi va mamlakatdagi eng samarali reklama maydonlaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Har kuni terminal orqali o'n minglab yo'lovchilar o'tadi. Ular ro'yxatdan o'tish, parvozoldi nazoratidan o'tish, parvozni kutish va bagajni olish jarayonlarida aeroport hududida ma'lum vaqt bo'lishadi. Yuqori yo'lovchi oqimi hamda zamonaviy raqamli infratuzilma reklama kampaniyalarining keng auditoriyani qamrab olishi va yuqori samaradorligini ta'minlaydi.
Mavjud reklama imkoniyatlari:
✔️ Aeroport oldi hududi va jo'nab ketish zonasidagi yirik LED-ekranlar;
✔️ Kutish zallaridagi LED-ekranlar;
✔️ Pasport nazorati hududidagi reklama maydonlari;
✔️ Ro'yxatdan o'tish peshtaxtalari ustidagi monitorlarda brending;
✔️ Yetib kelish zonasidagi LED-ekranlar;
✔️ Brending maydonlari;
✔️ Imij tadbirlarini o'tkazish imkoniyati;
✔️ Bosma reklama materiallarini joylashtirish.
Reklama joylashtirish bo'yicha murojaat uchun:
Saidrasul Imamov
"Uzbekistan Airports" AJ Marketing bo'limi boshlig'i
Telefon: +998 99 709 00 00
E-mail: s.imamov@uzairports.com
12 Jan, 2024
03 Jul, 2026