Biznes zal

Anor biznes zali

 “Toshkent” xalqaro aeroportining “steril” zonasida joylashgan “Anor” biznes zali uchib ketuvchi va tranzit yo‘lovchilari uchun xizmat ko‘rsatadi. Biznes zal xizmatlariga Wi-Fi, shaxsiy hammom va dush, samolyotga shaxsiy taklifnoma, shuningdek, inklyuziv ovqatlar, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar kiradi. Biznes-zaldagi ovqatlanish operatori sifatida "Pasternak" restorani xizmat ko'rsatadi.

 

"Anor" biznes zali xizmati narxi 500 000 so‘m.

Xizmat uchun to'lovni chegara nazoratidan o‘tishdan oldin "Toshkent" aeroportining kassasida yoki steril zonada bo‘lganingizda, @uzairportsBot Telegram boti yordamida  amalga oshirishingiz mumkin. Telegram boti orqali xizmatni xarid qilish uchun Toshkent aeroportini, so'ng jo‘nab ketish terminalini va kerakli reysni tanlashingiz kerak. Shundan keyin bot familiya va ismni lotin alifbosida kiritishni "so'raydi". Shundan so‘ng xizmat haqini Uzcard, Humo, Visa yoki MasterCard bank kartalari orqali to‘lash mumkin bo‘ladi.

 

Eslatma:

 

1. Ko‘rsatilgan zal xizmatlari uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Ota-onasi bilan uchayotgan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun CIP zalida xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov olinmaydi, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardan esa belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida haq undiriladi. Agar bola ota-onasi hamrohligisiz sayohat qilsa, to'lov to'liq tarif bo'yicha olinadi.

3. Shartnomalar tuzishda QQS bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq qo‘llaniladi.

4. Aeroport xizmatlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra to'langan va foydalanilmagan xizmatlar uchun to'lovlar sotib olish joyida Ariza beruvchi tomonidan to'langan xizmatlar miqdoridan 20% chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Pulni qaytarish kassa apparati kvitansiyasi ilova qilingan yozma ariza asosida amalga oshiriladi.

 

5. Standart shartnomada buyurtmachi tomonidan to'ldiriladigan joylar ko'rsatilgan. Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa +998555014711 (46-02) telefon raqami orqali mutaxassislarga murojaat qiling.

 
 
 

09 Jan, 2022