Hayvon va o‘simliklarni tashish

photo_2022-03-23_17-51-47

 

Hayvonlar va qushlarni tashish jo‘nash, tranzit va uchib borish davlatining tegishli qoidalariga rioya qilgan holda hamda veterinariya organlarining sertifikatlari va ruxsatnomalari mavjud bo‘lgan holda ruxsat etiladi. Hayvonlar va qushlarni tashish ruxsat etilgan bagaj me'yoriga kirmaydi va ortiqcha yuk sifatida haq olinadi. Yo'lovchilarga samolyot bortida quyidagilarni tashishga ruxsat beriladi: • itlar, mushuklar, maymunlar, qushlar va boshqa mayda hayvonlar, ularning vazni konteyner (qafas) bilan birga 8 kg dan oshmaydigan taqdirda. Agar hayvonlar vazni ushbu me'yordan oshib ketadigan bo'lsa, hayvonlar samolyotning bagaj bo'limida tashiladi. • ko‘zi ojiz va kar yo‘lovchilar uchun yo‘lboshlovchi itlar uchun ortiqcha yuk sifatida qaralmaydi hamda vazn cheklanmaydi va to‘lov olinmaydi, agarda itlar uchun yoqa taqilgan, tumshug‘i berkitilgan va yo‘lovchi uning sog‘lig‘i to‘g‘risida tegishli ma’lumotnomalarni taqdim etgan bo‘lsa.

 
 

09 Jan, 2022