Reysga ro‘yxatdan o‘tish

 

Oʻzbekistonning barcha aeroportlarida chipta va bagajlarni roʻyxatdan oʻtkazish rasmiylashtirish jadvalida koʻrsatilgan joʻnash vaqtidan 3 soat oldin – xalqaro reyslar uchun, 2 soat oldin – ichki reyslar uchun amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tish xalqaro reyslar uchun 40 daqiqa va ichki reyslar uchun jo'nash vaqtiga 30 daqiqa qolganda to'xtatiladi.

 

Chipta va bagajlarni ro'yxatdan o'tkazish aeroport terminallarida joylashgan ro'yxatga olish kassalarida amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tish uchun yo'lovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aviachipta (elektron yoki qog'oz shaklida), shuningdek, bagaj va qo'l yukini (agar mavjud bo'lsa) taqdim etish lozim. Shuningdek, yo‘lovchilar tashuvchi aviakompaniya rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va bortga chiqish talonlarini olishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish tugallangandan so'ng yo'lovchiga bortga chiqish taloni va bagaj yorlig'i beriladi. Talon va yorliqlar uchib borish aeroportida bagajlarni qabul qilgunga qadar saqlanishi kerak.

Aviachipta va bagajlarni ro'yxatdan o'tkazish tugallangandan so'ng, yo'lovchi qo'l yuklari bilan birga parvoz oldidan, aviatsiya xavfsizligi xodimlari tomonidan o'tkaziladigan ko'rikdan o'tishlari kerak. Parvoz oldidan tekshiruvdan o'tish uchun yo'lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ro'yxatdan o'tish paytida berilgan bortga chiqish talonini ko'rsatishlari lozim.

Parvoz oldidan koʻrikdan oʻtgandan soʻng yoʻlovchilar kutish zaliga kiradilar va u yerda bortga chiqish uchun e'lonni kutadilar. Kutish zalida yo‘lovchilar savdo do‘konlari va ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan, xalqaro reyslar yo‘lovchilari esa kafe va Duty Free do‘konlari xizmatlaridan ham foydalanishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish paytida olingan bortga chiqish talonini yo'lovchilar samolyotga chiqishda taqdim etadilar.



 
 
 
 

09 Jan, 2022